Bangladeshning oltita tumanida sutka davomida yashin urishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi.
Jumladan, Pabna okrugida mahalliy maktab yaqinidagi dalada ishlayotgan ota va uning katta yoshdagi ikki o‘g‘li halok bo‘ldi.
Sunamgandj okrugida esa baliq tutayotgan ota va uning 12 yashar o‘g‘li yashin qurbon bo‘ldi.
Mamlakatda may—iyun oylarida chaqmoq urishi tufayli kamida 126 kishi o‘lgani aytilmoqda. Ulardan 21 nafari ayol, 7 nafari bola va 98 nafari erkakdir. Yana 53 kishi yaralangan.
Izoh (0)