Rossiya Yaponiya bilan Kuril tizmasidagi ikkita orolni berishni muhokama qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiya diplomatik doiralaridagi manbasiga tayanib, Kyodo xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Manbaga ko‘ra, Rossiyaning tinchlik bitimini tuzishga bog‘liq muzokaralar doirasida tizmadagi ikkita orolning berilishini muhokama qilmaslik qarori Yaponiya va AQSh o‘rtasidagi alyans tufayli xavotir bilan izohlanadi. Bundan tashqari, Tokio bilan ushbu masala bo‘yicha murosa Rossiyada hukumatning aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Izoh (0)