• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hokim o‘rinbosari Alisher Usmonov “Gazeta.uz” saytida chop etilgan maqola va blogerlarning fikriga munosabat bildirdi

    14-iyul kuni Yangiyo‘l shahri “Mezon” mahallasidagi holat bo‘yicha maqola tarqaldi. Yangiyo‘l tumani hokimining o‘rinbosari Alisher Usmonov “Gazeta.uz” nashrida e’lon qilingan ushbu maqolaga munosabat bildirib, aslida vaziyat boshqacha talqin qilinganini ta’kidladi. Quyida hokim o‘rinbosarining murojaati to‘liq keltirilgan.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
    Men bu vaziyatga munosabat bildirishdan avval bir jihatni ta’kidlashni istardim. Ayni paytda Yangiyo‘l shahrida o‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan 100 ta ikki qavatli uy bor. Bu uylarning aksariyati jiddiy ta’mirtalab ahvolda. Kuz-qish mavsumida bu uylarda davomli muammolar bo‘ladi.

    Shahar markazidagi “Mezon” MFY da joylashgan 103- va 105-uylar keyingi paytlarda ancha qarovsiz holatga kelib qolgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari tomonidan o‘tkazilgan majlis bayoniga ko‘ra, shahar markazining qiyofasini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari belgilangan. Alohida qayd etishni joiz ko‘ramanki, shahrimiz jamoatchiligi bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi. Yangiyo‘l shahri markazidagi tirbandlik, ko‘rimsiz, pastqam uylar o‘rnini zamonaviy shaharsozlik andozalariga mos obyektlar, keng, ravon ko‘chalar egallashi xalqimizni xursand qildi.

    Biz bu ishni boshlashdan avval (20-iyun kuni) mahallada shu uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashdik. Maslahatlashuv shaklida o‘tgan bu suhbatlarda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Qobil Hamdamov, Sanjar Yusupov, shahar hokimi, uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Bizda qurilishlarni kelgusi yil bahoriga ko‘chirish varianti ham bor edi. Ammo xalq bilan maslahatlashishga qaror qildik. Negaki, ular shu uyda yashayapti, muammo va masalalar, yomg‘irli kunlarda tomdan oqqan chakkilar ularga ayon edi. Mazkur uylarda yashovchi 15 nafar oila hamda 9 ta noturar joy (savdo-sotiq obyektlari) vakillari bilan masala do‘stona ruhda muhokama qilindi.

    Bu maslahatlarda aholi tomonidan ikkita masala o‘rtaga tashlandi. 

    1. Xuddi shu yerga qurilayotgan uylar ularga beriladimi?
    2. Yangi uylar bitguncha qayerda va qanday istiqomat qilishadi?
    E’tiborda tutishlaringizni so‘raymanki, yangi qurilayotgan uylarda, avvalo mana shu aholiga, ular hozir qanday asosda foydalanayotgan bo‘lsa, shu asosda beriladi. Ya’ni turar joy bo‘lsa, hozirda yashab kelayotgan xonadonlarining metr kvadratiga mos ravishda yangi kvartira beriladi. Noturar obyekt egalari esa birinchi qavatdan, o‘zlariga maqbul joydan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari uchun mo‘ljallangan joy oladilar. Ma’lumot uchun aytamanki, yangi qurilayotgan 5 qavatli uylarning birinchi qavati savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun mo‘ljallangan.

    Ikkinchi masalaga kelganda shuni aytish mumkinki, tuman hokimligi aholiga vaqtincha yashab turishi uchun kvartiralar topish, ko‘chlarini eltish uchun texnika, agarda ijaraga uy olinsa, ijara pulini to‘lash kabi masalalarda mablag‘ ajratishini ma’lum qildi.

    Xullas, bu maslahatlashuvlar yakunida aholi vaziyatni tushunib, o‘zgarishni ijobiy qabul qilib, vaqt g‘animat, qurilishni hoziroq boshlash kerak, degan taklifni bildirishdi. So‘ngra aholi vakillari bilan kelishuv bitimi imzolandi. Hech kim norozi bo‘lmadi. Hech qanday majburlov yoki bosim o‘tkazish holati ham bo‘lgani yo‘q.

    Shaharning bosh rejasiga ko‘ra, yana 11 ta eski, 2 qavatli uylar o‘rnida yangi 5 qavatli 3 ta uy qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda ham aholi bilan maslahatlashuv olib borilayapti. Ochiq-oydin haqiqat shuki, odamlarni norozi qilib, ular yashab turgan uylar buzilmaydi. Ular vaqt kerakligini aytishsa, qonunchilikda belgilangan tartibda ish olib boriladi. Yuqoridagi vaziyatda esa aholining istaklaridan kelib chiqib ish ko‘rildi – Yangiyo‘l shahri hokimligi hech kimni majburlab ko‘chaga haydagani yo‘q. Bizda bunday niyat yo‘q, bo‘lishi ham mumkinmas.

    Ikki-uch kun muqaddam o‘sha sayt muxbiri men bilan suhbatlashish uchun keldi. Bu vaqtda qurilish obyektida edim. Men gap orasida bugun internetda aylanib yurgan jumlalarni ishlatib yuborganimdan tonmayman. Negaki, biz yangiyo‘lliklar uchun davlatimiz rahbarining bu e’tibori nihoyatda quvonchli voqea bo‘lganini tushunishlaringizni istardim. Shu kayfiyatda, zavq bilan ishlarni boshlab turganimizda, bir jurnalist kelib, belgilangan tartibni eslatganda, jahlim chiqib, noo‘rin gapirib yuborganimdan afsusdaman, albatta. Aslida jarayonning mohiyati va mahalliy aholining ko‘p yillik muammolari bilan tanish bo‘lgan, o‘rgangan jurnalist bo‘lganda, masalani bu tarzda qo‘ymas edi.

    Men o‘z aqlim va qalbimni jonajon Vatanim taraqqiyotiga baxshida qilib, baholi qudrat ishlab kelayapman. Faoliyatimda xato-kamchiliklar bo‘lgandir, ammo, xalq bilan davlatning fikri uyg‘un kelgan, o‘zaro maslahat, kelishuv asosida boshlangan mana shu loyihada bir ijrochi sifatida qatnashayotganimdan g‘ururlanaman. Men sevgan va vatan ichidagi kichkina Vatanim bo‘lgan Yangiyo‘lni obod etishimizga xalaqit bermang, xalqimizni sevintirgan ishlarni boshqacha talqin qilmang, degim kelayapti hozir.

    Hurmatli jurnalistlar va bloger do‘stlar! O‘zingizga qulay vaqtda Yangiyo‘l shahriga, aynan mana shu obyektlarga tashrif buyurib, aholi bilan suhbatlashishga, bo‘layotgan ishlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga taklif etaman.

    Alisher Usmonov, Yangiyo‘l shahri hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaliklari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

    15.07.2019, 06:24   Izoh (0)   37623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda sobiq xotinining uyidagi janjal chog‘ida ota o‘g‘lini pichoqladi

    14.07.2019, 22:20

    Qoraqalpog‘istonda qorako‘l terilarini noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi

    14.07.2019, 21:45

    O‘zbekiston ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi

    14.07.2019, 21:09

    Toshkentda yuridik universitetga o‘qishga kiritaman deb, 30 ming dollar olgan ayol ushlandi

    14.07.2019, 20:33

    O‘zbekistondagi 6 ta viloyatda Mahalliy rivojlanish markazlari tashkil etiladi

    14.07.2019, 20:15

    Toshkentda 9 yoshli qiz mashina urib ketishi natijasida vafot etdi

    14.07.2019, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.