AQShda 18 ta it o‘z xo‘jayinini yeb qo‘ydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
57 yoshli amerikalik 18 ta kuchugi bilan yashab kelgan. Marhumning qarindoshlarini aytishicha, ular ba’zi-ba’zida kelib, xaridlar bilan unga yordam berib turishgan.
May oyida esa, ular huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, aprel oyidan buyon erkak bilan bog‘lana olishmayotganini, uyga kirishga esa jahldor itlar yo‘l bermayotganini bildirgan.
Politsiya xodimlari uyga bostirib kirishga majbur bo‘lgan, biroq u yerda hech kimni topa olmagan. Tekshiruvlar natijasida ular bir bo‘lak suyakka va odam sochiga duch kelgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bularning barchasi yo‘qolgan erkakka tegishli bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, itlar o‘z xo‘jayinini butunlay yeb qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
To‘dasidagi ikkita kuchukni o‘ldirgan 13 ta jahldor it yo‘q qilingan, yana uchtasi hayvonlarni saqlash maskaniga yuborilgan.
Izoh (0)