Ukraina davlat tergov byurosi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning ofisida tintuv ishlarini olib bordi, deb xabar beradi “Exo.Moskvi”
Mazkur tintuv ishlari Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning harbiy operatsiyalarni rejalashtirishiga bog‘liqligi aytilmoqda.
Manbalarning qayd etishicha, majlislar protokoli tekshirilmoqda, shuningdek, ofisdagi maxfiylik darajasini ta’minlashga mas’ul odamlar so‘roq qilingan.
Tervgochilarni majlislar davomida kim nima degani, “mutlaq maxfiy” va davlat siriga oid hujjat hamda buyruqlarga kim imzo chekkani qiziqtirmoqda.
28-may kuni Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining kotibi Aleksandr Danilyuk Vladimir Zelenskiy prezident etib saylangach, situatsion markazdan barcha monitorlar va ichida maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan serverlar olib ketilganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)