6-iyul, shanba kuni “Olimpiya kuni”ga bag‘ishlab Toshkentning “Xalqlar do‘stligi” maydonidan to Milliy olimpiya qo‘mitasi tomon 10 mingga yaqin kishi ishtirokida ommaviy yurish tashkil etildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan so‘ng yengil atletika federatsiyasi oldida yugurish bahslari o‘tkazildi.
Reglamentga ko‘ra, yugurish bahslari turli yosh toifalari bo‘yicha o‘tkazildi. Unda 13 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan sportsevarlar turli masofalarga yugurish bo‘yicha bahs olib bordi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)