Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi 41 yoshli R.X. 5-iyul kuni mast holda “Oybek” mahallasida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashagan 34 yoshli O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)