• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand yoshlariga nima bo‘ldi?

    Keksa ayolning boshiga kiydirilgan chelak, haykal ustida o‘tirgan bolalar, endi esa tramvaydagi beboshlik... “Xabar.uz” kolumnisti Anvar Namozov so‘nggi bir yil davomida samarqandlik yoshlarning “sho‘xliklari”ni tahlildan o‘tkazdi. Maqola bilan quyida to‘liq tanishish mumkin.

    Samarqand yoshlariga nima bo‘ldi?

    Avval yo‘lakda jim ketayotgan keksa ayolning boshiga axlat chelagini kiydirib, musht tushirishgandi. Keyin ijtimoiy tarmoqlarda sohibqiron bobomiz haykaliga (hatto boshiga) o‘tirib tushirilgan fotosuratlar paydo bo‘ldi. Endi esa tramvaydagi yo‘lovchilarning yuziga qandaydir suyuqlikni sepishibdi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Nega Samarqand yoshlari bu qadar beboshlik qilishmoqda? Ularni “jilovlash” qiyin bo‘lib qoldimi? Tarbiya uchun, eng avvalo, ota-ona mas’ul. Qayerga qarashyapti ular? Tarbiya beryaptilarmi o‘zi? Farazandining kamoli uchun vaqt ajratishyaptimi?

    Maktab, o‘quv yurtlari-chi? Ular jon kuydiryaptimi? Ta’lim-tarbiya nechog‘lik ahamiyat kasb etmoqda? Foydasi bormi o‘zi? Agar nafi bo‘lsa, “tramvay voqeasi” nimani aks ettiradi? Foydasi bo‘lmasa, shuncha mutasaddilar, ustoz-o‘qituvchilar nega faoliyat ko‘rsatmoqda? Ertaga bundan-da katta qiliqlar, jinoyatlar ro‘y bermasligiga kim kafolat beradi?

    Umuman aytganda, yoshlarning miyasini zaharlayotgan g‘alati “ermak”lar qayerdan paydo bo‘ldi? Nahotki ular shu qilig‘i bilan huzurlansa? Nahotki bu harakatlarni qahramonlik hisoblashsa? Boshqa ermak topilmayaptimi?

    Mashhur professor Jon Dyui: “Inson tabiatiga xos chuqur intilishlardan biri uning e’tibor qozonishga bo‘lgan sa’y-harakatidir”, degan edi. Professor Uilyam Jeyms aytishicha esa, “odamlarning asosiy xususiyatlaridan biri qadr-qimmatiga yarasha baholanishi uchun talpinishdir”.

    Xo‘sh, Samarqand yoshlari shu qiliqlari bilan e’tibor qozonmoqchimi? Tuturiqsiz harakatlari orqali qadr-qimmati baholanishiga erishmoqchimi?

    Hokimlik, Yoshlar Ittifoqi, madaniyat boshqarmalari jiddiy qarayaptimi mazkur masalaga? Ma’naviyat, mafkura mutasaddilari-chi? Tadbirbozlik, majlisbozlikdan qachon bo‘shab, vaqt ajratishadi? Bilaman, bu masalaga ko‘tarilsa, albatta, tadbir uyushtirilib, “tushuntirish ishlari” olib boriladi. Vaholanki, eskicha tartiblardan voz kechmas ekanmiz, hali-beri ijobiy o‘zgarishlar kutilmaydi.

    Samarqand yoshlarining so‘nggi harakatini bir tahlil qilaylik! Yuziga tibbiy niqob taqqan o‘smir tramvayga chiqib, yo‘lovchilarning yuziga suyuqlik sepgan. Nega? Nima uchun? Tengqurlari bilan garov o‘ynaganmi u? Axir, o‘sha suyuqlik... kislota bo‘lishi ham mumkin edi-ku, Xudo ko‘rsatmasin! Bu “kampaniyabozlik” a’zolari sakkiz nafar. Hammasi maktab o‘quvchisi. Eng yomoni, orasida qizlar ham bor! Naq uyushgan bezorilik, deysiz!

    Ruslarning mashhur yozuvchisi Arkadiy Gaydayning asarida sohibqiron bobomiz nomi qo‘yilgan qahramon boshchiligida yoshlar qishloq odamlarining og‘irini yengil qilib, turli yumushlarini imi-jimida bajarib ketaveradi. Hozirgi yoshlarimiz esa...

    Ular bilan hech kim jiddiy shug‘ullanmayapti. Telekanaldagi ko‘rsatuvni to‘xtatgandan ko‘ra, yoshlar hayotiga tiyrak ko‘z bilan e’tibor qaratish ma’qul emasmi? Taassufki, kelajagimiz bo‘lgan yoshlar hayotiga qiziqmayotganimizga ancha bo‘ldi. Biz ko‘proq o‘z halovatimizni o‘ylaymiz, boshqalarga nisbatan beparvomiz. Bu loqaydligimiz yoshlarni tobora dangasa, bekorchi, boqimanda va shafqatsiz qilib qo‘ymoqda.

    Teatr — tarbiya o‘chog‘i, Behbudiy aytganidek, ibratxona. Biroq yoshlarni teatr, kutubxonalarga jalb etish qay darajada? Bu o‘rindagi yolg‘on statistikadan qochish, aniq ishlash fursati kelmadimi? Tadbirbozlik, hisobotbozlikdan ko‘ra yoshlar hayoti, qiziqishi, dunyoqarashini tahlil qilish, psixologlar xizmatiga tayanish maqbul emasmi?

    Teatr kabi tarbiya o‘choqlariga yoshlarni jalb etish nomigagina amalga oshiriladi, xolos. O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor va rejissyor Ubaydulla Omon bilan uyushtirilgan suhbatdan bir iqtibos keltirib o‘taman.

    — Xo‘sh, viloyat teatrlari tomoshabinlari kimlar? — deydi u. — Ular, asosan, kollej o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalaridan iborat. Bugungi kunda yoshlarni majburan teatrga olib kelishadi. Bu majburiy tomoshabinlar spektakl davomida sahnadagi voqealarni kuzatish o‘rniga telefonini o‘ynab yoki pista chaqib o‘tiradi. Shu bois men juda tashvishlanaman. Chunki tomoshabinni teatrga qaytarish masalasi baribir og‘ir muammo sifatida qolmoqda. San’atga qiziqqan tomoshabin uchun o‘zining ehtiyojini qondirishi yo‘lida bugun imkoniyatlar ko‘p. Internet, televizor orqali xohlagan narsasini tomosha qilishi mumkin. Bu esa tomoshabinni teatrdan yanada uzoqlashtiradi.

    Ubaydulla Omonning gaplarida jon bor. Shunday ekan, teatrlarning ko‘r-ko‘rona ishlashiga chek qo‘yish vaqti keldi. Yoshlarni zeriktiradigan, almisoqdan qolgan spektakllar o‘rniga ularni jalb etadigan, qiziqtiradigan tomoshalarni sahnalashtirgan ming karra afzal.

    Yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda Misr ehromlari devoridagi mashhur bitik yodga tushadi: “Bugungi yoshlar aynib ketgan”. Ha, uzoq asrlar qa’ridagi iddao shu qadar dolzarbki, uni har davrda qo‘llasa bo‘ladi. Ammo bugungi yoshlarning aynigani oshib tushyapti. Ular bilan jiddiy shug‘ullanmas ekanmiz, ko‘ngilsiz “syurpriz”lar yana bo‘laveradi.

    Anvar Namozov

    06.07.2019, 22:53   Izoh (0)   103411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qamashida muqaddam sudlangan qaynisinglisini pichoqlagan erkak ushlandi

    06.07.2019, 22:41

    Nurafshonda mast fuqaro hamshaharini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

    06.07.2019, 21:55

    Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

    06.07.2019, 21:25

    Toshkent hokimligi tramvay yo‘llari o‘rnini ta’mirlash masalasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining korxonasidan uzr so‘radi

    06.07.2019, 21:11

    OTMda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoni yaratildi

    06.07.2019, 20:58

    Andijonda O‘zbekistondagi eng katta avtomobil bozori foydalanishga topshirildi

    06.07.2019, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liganing 2025/26-yilgi mavsumida “Barselona” g‘alaba qozonadi — Opta

    Sport | 13 avgust, 09:34

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsda qanday saqlanadi?

    Dunyo | 13 avgust, 09:33

    Qo‘qonda 120 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:15

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10

    “Ukraina kelajakdagi urush uchun Rossiyaga tayanch bo‘ladigan hududlarini bermaydi” — Zelenskiy

    Dunyo | 13 avgust, 09:07

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.