• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlari haqida bilasizmi?

    “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh o‘tgan yilning eng ko‘p sayyohlarni jalb qilgan mamlakatlari haqida hikoya qiladi.

    1. Fransiya

    Eyfel minorasi. Foto: Wikipedia

    Bu mamlakatga 2018-yilda 93,2 million sayyoh kelgan.

    Sayyohlik tizimidan keladigan foyda Fransiya yalpi ichki mahsuloti hajmining 9 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatda sayyohlik sohasida bugun 3 million kishi mehnat qilmoqda. Mamlakatdagi obyektlar bo‘yicha eng ko‘p sayyoh Eyfel minorasiga tashrif buyuradi.

    2. Ispaniya

    Foto: Wikipedia

    Bu mamlakatga 2018-yilda 82,8 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Sayyohlik sohasidan keladigan foyda bu mamlakat YaIM hajmining 14,4 foizini tashkil etadi.

    Bu mamlakatda Barselona va Madrid shaharlari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlar hisoblanadi. Shuningdek, O‘rta Yer dengizidagi orollar va qirg‘oqlaridagi dam olish maskanlari yil davomida sayyohlar bilan govjum bo‘ladi.

    3. AQSh

    Ozodlik haykali. Foto: Wikipedia

    Bu mamlakatga 2018-yilda 82,2 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Sayyohlarni ko‘proq Las-Vegas, Nyu-York shaharlari, Gavayi orollaridagi dam olish maskanlari jalb etadi.

    AQShga borayotgan sayyoh albatta Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalini bir bor ko‘rishga harakat qiladi. Shuningdek, Florida sohillaridagi dam olish maskanlari ham xorijlik sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar hisoblanadi.

    4. Xitoy

    Buyuk Xitoy devori. Foto: Wikipedia

    Bu mamlakatga 2018-yilda 62,9 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Bu mamlakatda sayyohlarni eng ko‘p jalb qilgan ob’ekt bu Buyuk Xitoy devoridir.

    Shuningdek, Tibet ham sayyohlarni jalb qilishda muhim hudud hisoblanadi.

    5. Italiya

    Piza minorasi. Foto: Wikipedia

    Bu mamlakatga 2018-yilda 62,1 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Sayyohlik tizimidan olingan foyda mamlakat YaIM hajmining 11 foizini tashkil etadi. Sayyohlarni bu mamlakatda ko‘proq Rim, Milan, Venetsiya shaharlari jalb qilgan. Italiyaga tashrif buyurgan har bir sayyoh antik davrdan qolgan Rimdagi Kolizey binosini borib ko‘rishga harakat qiladi.

    6. Turkiya

    Ayo Sofiya masjidi. Foto: Wikipedia

    2018-yilda bu mamlakatga 45,8 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Sayyohlik tizimidan keladigan foyda bu mamlakat YaIMining 12 foizini tashkil etadi.

    Bu mamlakat sayyohlarni o‘zining antik va o‘rta asr islom madaniyatidan saqlanib qolgan noyob osori atiqalari va O‘rta Yer dengizidagi dam olish maskanlari bilan jalb qilgan. Misol o‘rnida, aholisi 2,5 million bo‘lgan Antalya viloyatida dam olish maskanlariga yilning birinchi choragini o‘zida 3 millionga yaqin xorijlik dam oluvchi sayyohlar kelgan.

    7. Meksika

    Foto: “Izvestiya”

    2018-yilda bu mamlakatga 41,4 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlarning asosiy qismini amerikalik va kanadalik sayyohlar tashkil etadi. Bu mamlakat sayyohlarni mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan karnavallari, shuningdek, Atlantika va Tinch okeani qirg‘oqlaridagi ko‘plab dam olish maskanlari bilan jalb etadi.

    8. Germaniya

    Berlin devori.

    Berlin devori.
    Foto: Wikipedia

    2018-yilda bu mamlakatga 38,9 million sayyoh kelgan.

    Bu mamlakatda sayyohlarni eng ko‘p jalb etayotgan joy Berlin shahridir. Bu shahardagi mashhur Berlin devorini ko‘rgani har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Ushbu devor Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyani ikkiga bo‘lganlar tomonidan Berlin shahri ham ikkiga bo‘linib, o‘rtasidan tortilgan, shahar G‘arbiy Berlin va Sharqiy Berlinga ajratilgan edi. Ushbu devor 1989-yilda yiqitilib, voqealar Germaniyaning birlashishi bilan tugadi.

    9. Tailand

    Foto: “Volgatur.ru”

    2018-yilda bu mamlakatga 38,3 million sayyoh keldi.

    Sayyohlik tizimidan keladigan foyda mamlakat YaIMining 15–20 foizini tashkil etadi. Sayyohlar bu mamlakatga ko‘proq dengiz plyajlarida dam olish hamda Tailandning o‘ziga xos tarixiy binolari va osori atiqalarini tomosha qilish uchun keladi.

    10. Buyuk Britaniya

    London.

    London.
    Foto: Wikipedia

    2018-yilda bu mamlakatga 35,1 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Sayyohlik tizimidan keladigan foyda bu mamlakat YaIMining 9 foizini tashkil etadi. Mamlakatda 3 million kishi sayyohlik tizimida ishlaydi.

    Bu mamlakatda sayyohlarni ko‘proq jalb qiladigan joy bu London shahridir. Sayyohlar Londondagi ko‘plab tarixiy binolarni, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun keladi.

    Reytingning 11-20 o‘rinlari qo‘yidagicha bo‘lgan:

    11. Yaponiya – 31,2 million;

    12. Avstriya – 30,8 million;

    13. Gretsiya – 30,1 million;

    14. Gonkong – 29,3 million;

    15. Maylayziya – 25,8 million;

    16. Rossiya – 24,6 million;

    17. Kanada – 21,2 million;

    18. Portugaliya – 21,2 million;

    19. Gollandiya – 19 million;

    20. Makao – 18,5 million.

    Rossiya 2018-yilda sayyohlar tashrifi bo‘yicha 16-o‘rinni egalladi; bu davlatga 2018-yilda 24,6 million sayyoh tashrif buyurgan.

    Kreml.

    Kreml.
    Foto: “KP.ru”

    Shuni ta’kidlash lozimki, Rossiya dunyo sayyohlarini ko‘p ham o‘ziga jalb qila olmaydigan mamlakat hisoblanadi. 2018-yildagi reytingda bu davlatning 24,6 million sayyoh bilan 16-o‘rinda turgani sababi, 2018-yilda bu mamlakatda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi va ushbu musobaqa Rossiyaga keladigan sayyohlar oqimini sezilarli ko‘paytirdi.

    Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UWNTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda dunyo bo‘ylab 1.4 millard kishi sayohat qilgan.

    05.07.2019, 17:47   Izoh (0)   100472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vashingtonda Saudiya Arabistoni tarixidagi ilk ayol elchi ish boshladi

    05.07.2019, 17:05

    Malayziyada “Uoll-stritlik bo‘ri” filmi prodyuseriga “pul yuvish” ayblovi qo‘yildi

    05.07.2019, 15:22

    Janubiy Karolinada feyerverklar do‘koni yonib ketdi (video)

    05.07.2019, 14:54

    Britaniyalik 100 yoshli ayol uzoq umr ko‘rish siri bilan bo‘lishdi

    05.07.2019, 14:34

    Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz ustida AQSh razvedka samolyotini tutib oldi

    05.07.2019, 14:23

    Eron tankerining qo‘lga olinish videosi paydo bo‘ldi (video)

    05.07.2019, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

    O‘zbekiston | 21 may, 09:12

    “Ukrainadagi urushda Markaziy Osiyodan 20 ming kishi qatnashmoqda” — Bastrikin

    Dunyo | 21 may, 08:51

    APL. “Manchester Siti” “Bornmut”ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga yaqinlashdi (video

    Sport | 21 may, 08:39

    Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarligi fosh etildi

    O‘zbekiston | 21 may, 08:38

    Qimmatbaho uzuk, yaxta va 50 mln dollar tovon puli: mashhurlar sobiq sevgilisidan olgan eng qimmatbaho sovg‘alar

    Layfstayl | 21 may, 08:00

    Dunyoning mashhur modellari tongni qanday boshlaydi?

    Layfstayl | 21 may, 07:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.