Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan “Oltin diyor” kafesiga 2 noma’lum shaxs temir panjaradan oshib tushib, kafening to‘rt nafar ishchilarini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 18 yoshli D.B.ga tegishli Redmi va Meizu hamda R.E.ga tegishli Samsung telefonlarini olib voqea joyidan yashiringan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 2019-yil 30-iyun kuni soat 02:00 larda sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi 25 yoshli F.A. va uning birga yashovchi ukasi 23 yoshli I.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)