Gulnora Karimovaning manfaatlarini himoya qilayotgan shveysariyalik yurist Greguar Manja Shveysariya Gulnora Karimovaning sog‘lig‘iga bog‘liq muammolar sabab 555 million dollarni O‘zbekistonga qaytarish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqda yuristning Twitter’dagi akkauntiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.
“Shveysariya federal sudidagi uchinchi yirik g‘alaba. 555 million dollarni qaytarish darhol to‘xtatildi. O‘zbekiston bizning mijozimizni qamoqda saqlashni to‘xtatmas ekan, hamkorlik bo‘lmaydi. Unga yanada ko‘proq bosim o‘tkazishmoqda. Karimovaning hayoti xavf ostida”, — deb yozadi Manja.
Kuni kecha Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan Toshkent viloyatidagi ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazishni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimovaning ma’lum qilishicha, onasi saqlanayotgan yomon sharoit va unga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani Shveysariyaning pullarni O‘zbekistonga qaytarishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Izoh (0)