Bosh prokuratura matbuot xizmatining sobiq rahbari Surayyo Rahmonova yangi lavozimga — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Surayyo Rahmonova 2018-yildan buyon Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy ma’lumotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Surayyo Rahmonova 2000-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr darajasini, 2002-yilda esa magistr dajarasini olgan. Dotsent (2015-yil), yuridik fanlar doktori (2018-yil).
Izoh (0)