Toshkentda Matiz avtomobili haydovchisining telefonini o‘g‘irlagan ikki yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ikki do‘st Huvaydo ko‘chasiga yetib olish maqsadida Matiz avtomobilini to‘xtatgan. N.H ismli haydovchi aytilgan manzilga bormayotganini, biroq yordam tariqasida ularni katta yo‘l yuziga olib chiqib qo‘yishini bildiradi. Navbatdagi chorrahaga yetib kelganlarida avtomobil haydovchisi salon ichida turgan telefoni yo‘qolib qolganini payqab, old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchidan uni qaytarishini talab qiladi. Yo‘lovchi va uning sherigi bunga rozi bo‘lmagach, N.H. avtomobilni ichki ishlar bo‘limi tomon haydaygan.
Haydovchi o‘z mashinasini to‘xtatishni istamayotganini ko‘rgan old o‘rindiqdagi yo‘lovchi rulni o‘ng tarafga burib yuboradi va YTH sodir etadi.
Jabrlanuvchining qilgan murojaatiga ko‘ra, telefonni o‘g‘irlab Yangiyo‘l tumanida 200 ming so‘mga sotib yuborgan ikki yigit IIB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ichi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)