Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi joylashtirildi.
Mazkur qonun 2021-yil 1-yanvardan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu hujjat qabul qilinishidan ko‘zda tutilgan maqsad sog‘liqni saqlash tizimi moliyalashtirilishi samaradorligi va aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiy yordam qulayligini ta’minlash ekanligi ta’kidlangan.
Qonun loyihasini tayyorlashda sog‘liqni saqlash tizimi darajasi yuqori bo‘lgan Singapur, Janubiy Koreya, Isroil, Yaponiya va Norvegiya kabi davlatlar tajribasi inobatga olingan.
Izoh (0)