• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryodagi ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida bemor boshqa bemorlar tomonidan ayovsiz kaltaklandi

    “Daryo” tahririyatiga kelib tushgan murojaatlarning birida Qashqadaryo viloyatidagi ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida bemor ayovsiz kaltaklangani xabar qilinadi. Murojaatchi Istat Ernazarova 1982-yilda tug‘ilgan qizi Mohichehra Tursunqulovani joriy yil 20-iyun kuni shifoxonaga olib kelganini, 22-iyun kuni esa qizining qo‘li, oyog‘i va tanasini ko‘kargan holda ko‘rganini yozadi.

    Foto: “Daryo”

    Voqea tafsilotlarini o‘rgangan “Daryo” muxbirining yozishicha, 2-guruh nogironi Mohichehra Tursunqulova 21-iyun kuni tonggi 3–4 larda shifoxonadagi 2 nafar bemor tomonidan kaltaklangan.

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda shifoxona bosh shifokori Abdujabbor Kenjayev shunday deydi: “21-iyun kuni tong azon soat 3–4 larda bemorlar o‘sha kungi hamshira Dilorom Rajabova, sanitarkalar Kayibxon Velixanov, Dilorom Hotamova, Shahnoza Jo‘rayevalar nazoratida shifoxona hojatxonasiga olib borilganda, yangi kelgan bemor Mohichehra Tursunqulova Nargiza va Mavjuda ismli bemorlar tomonidan kaltaklangan. Shovqin-suron bo‘lganini sezgan xodimlar bemorlarni borib ajratgan. Ammo ular ajratgunga qadar Mohichehra Tursunqulova rosayam kaltaklangan. Oqibatda bemorning qo‘li, tanasi va oyoqlarida qorayish hosil bo‘lgan”.

    Bosh shifokorning qo‘shimcha qilishicha, ushbu holatdan xabar topilgach, voqea sodir bo‘lgan kuni navbatchilikda bo‘lgan hamshira Dilorom Rajabova, sanitarkalar Kayibxon Velixanov, Dilorom Hotamova, Shahnoza Jo‘rayevalarga intizomiy jazo chorasi, hayfsan berilgan.

    Foto: “Daryo”

    — Bemorlarning o‘zaro tortishuvi, urushi tez-tez bo‘lib turadi, — deydi shifoxona bosh shifokori. – Boisi, bemorlarda kasallik xuruj qilgan payti, dori ta’siri susayganda tajovuzkor bo‘lib qoladi. Ammo shunga qaramasdan e’tiborni susaytirmasligimiz kerak. 21-iyun kuni e’tiborsizlik qilgan xodimlarimiz shuning uchun ham jazolandi.

    Bemor Mohichehra Tursunqulovani 20-iyun kuni qabul qilib olgan shifokor Jo‘ra Qulliyevning ma’lumot berishicha, bemor dastlab olib kelinganda qo‘li, tanasi va oyoqlarida bu kabi qorayishlar bo‘lmagan. Ammo bemorda tajovuzkorlik kuchli bo‘lgan. Hatto uni tinchlantirish uchun shifokor va 2 nafar hamshiraning ham kuchi yetmagan. Tinchlantirish uchun tomirdan qilinishi lozim bo‘lgan ukol bemorga kuchi yetmagach, orqa tomondan qilingan.

    Jo‘ra Qulliyev.

    Jo‘ra Qulliyev.
    Foto: “Daryo”

    — Haqiqatdan ham qizimda tajovuzkorlik kuchli edi, — deydi Istat Ernazarova. – Boisi, kasalligi xuruj qilgandi. Uyda ham nabiralarimga tashlanib qolmasin deb, molxonaga qamab qo‘ygandim.

    Istat Ernazarovaning ta’kidlashicha, qizini 20-iyun kuni ertalab Koson tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, nazoratdan o‘tkazgan. Hamda viloyat ruhiy asab kasalliklar shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib borishlarini so‘ragan. Biroq ancha sarson bo‘lgan. Va tez yordam mashinasi haydovchisiga 50 ming so‘m pul berib, qizini viloyat asab ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

    — 20-iyun kuni Koson “balnitsa”sida ancha sarson bo‘ldim, — deydi Istat Ernazarova. – Kimga uchrashsam, unga boring, bunga boring deya rosa sarson qilishdi.

    Bosh shifokor Abdujabbor Kenjayevning qo‘shimcha qilishicha, 21-iyun kuni bemor Mohichehra Tursunqulova kaltaklangach, 22-iyun kuni voqeadan xabar topgan onasi Istat Ernazarovaga qizini sud ekspertizaga olib borish va kim urganligini aniqlashtirish taklifi berilgan. Ammo Istat Ernazarova buni rad etgan.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi Istat Ernazarova bu vaziyatni izohlar ekan, haqiqatdan ham dastlab sud ekspertizadan voz kechganini, barchasiga ko‘z yumganini tan olib, turmush o‘rtog‘ining qarshiligiga ko‘ra, yana murojaat qilayotganini bildirdi.

    Bu holatga javoban shifoxona bosh shifokori Istat Ernazarovaga haliyam kech emasligini, agar xohlasa holat bo‘yicha sud ekspertiza qilishga haqqi borligini tushuntirdi. Biroq bu taklifga ham Istat Ernazarova sukut saqlab javob berdi.

    Murojaatchi Istat Ernazarovaning ta’kidlashicha, qizi Mohichehra Tursunqulova ilgari ham viloyat ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida davolanib kelgan. Qizi bemorlar tomonidan oldin ham kaltaklangan. Murojaatchining nazdida shifoxonada nazorat yetarli darajada emas.

    Ayollar yotoqxonasi.

    Ayollar yotoqxonasi.
    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, shifoxonada ayni kunda 200 nafar bemor davolanadi. Shifoxonadagi 95 nafar ayol bemorni 4 nafar xodim nazorat qiladi.

    Murojaatchi “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida bemor qizi Mohichehra Tursunqulovadan tashqari 1985-yilda tug‘ilgan yana bir qizi aqlan zaif ekanligini aytib, davolatishga qiynalayotganini bildirdi. Bunga javoban esa shifoxona rahbariyati yana bir bemor qizini ham davolashga tayyor ekanligini bildirib, olib kelishini so‘radi. Istat Ernazarova esa bu taklifini o‘ylab ko‘rishini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    O‘ylaymizki, yuqorida tilga olingan holatlar mutasaddilar e’tiboridan chetda qolmaydi. Biz esa har doimgidek vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

    04.07.2019, 17:20   Izoh (0)   52768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherzod Shermatov: “Xalq ta’limi tizimi xodimini o‘zboshimchalik bilan boshqa joyda ishlatishga hech kimning haqi yo‘q”

    04.07.2019, 17:00

    O‘zbekistonda gemodializ xizmati markazlari barpo etiladi

    04.07.2019, 16:50

    O‘zbekistonda joriy yili 120 mingdan ortiq abituriyent talabalikka qabul qilinadi

    04.07.2019, 16:35

    Instagram’da uyatsiz tasvirlarni joylashtirgan samarqandlik shaxsga jazo tayinlandi

    04.07.2019, 16:10

    Savdo subyektlariga naqd pulni inkassatsiya qilishda yengilliklar berildi

    04.07.2019, 16:00

    Samarqand shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    04.07.2019, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.