O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oshirilib, 120 mingdan ortiq abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Rivojlanayotgan sohalar uchun zarur bo‘lgan hamda ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qabul amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Andijon davlat universitida 8 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta yangi magistratura mutaxassisliklarida qabul amalga oshiriladi.
Andijon mashinasozlik institutida esa 3 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta magistratura mutaxassisligida qabul amalga oshiriladi.
Izoh (0)