O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Amerika ishbilarmonlik stajirovkasi maxsus dasturi (SABIT) tomonidan Qo‘shma Shtatlarda ikki haftalik stajirovkaga nomzodlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi, bu haqda Spot xabar qiladi.
Stajirovka yo‘nalishi — Sut mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash. Stajirovka 2019-yil 21-sentabrdan 6-oktabrgacha rus va ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi.
Saralash jarayonidan o‘tgan ishtirokchilarning borish-qaytish chiptalari (Moskva shahridan ketiladi), mehmonxonada yashash, keng qamrovli o‘quv dasturi, tarjima xizmatlari, tibbiy sug‘urta xizmatlari, hamda ovqatlanish va qo‘shimcha xarajatlar uchun stipendiya Amerika tomonidan qoplanadi. Viza va aviachipta (jo‘nash manziligacha) uchun sarf-xarajatlar ishtirokchilar hisobidan to‘lanadi.
Nomzodlarni tanlashda ishtirok etishning asosiy mezonlari:
Amaliyot agrobiznes sohasidagi mutaxassislarga, xususan, o‘z tashkilotlarida sut mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash sohasiga mo‘ljallangan.
Nomzodning o‘rtacha yoki oliy darajali menedjer sifatida ishlash tajribasi — kamida 3 yil. Nomzodlar oliy ma’lumotli va rus yoki ingliz tilini erkin bilishi kerak.
Texnik ma’lumotga va tegishli ish tajribasiga ega bo‘lgan va hozirda tashkilot/ kompaniyasida rahbarlik lavozimini egallagan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Ariza shakli va tavsiyanomalar maktubi ingliz va rus tillarida topshirilishi kerak. Hujjatlar 8-iyulga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Izoh (0)