Emirates aviakompaniyasi dunyodagi eng katta seriyali avialayner A380 yordamida Dubaydan Maskatda ilk parvozini amalga oshirdi. BAAning yirik shahri va Ummon poytaxti orasidagi masofa 340 kilometrga teng, deb xabar beradi BBC.
Samolyot 40 daqiqa davomida havoda parvoz qilgan. Bu vaqt oralig‘ida u oddiy samolyotlar ko‘tarilgan balandlikka ko‘tarila olmay, yerdan 5791 metr balandlikda uchgan.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ikki tomonga reyslar bir kunda ikki marta amalga oshiriladi.
Ushbu liniya bo‘ylab ikkita Airbus A380 harakatlanadi, ikkisi ham uch klassli kompanovkaga ega. “Ekonom” klassda 429 ta, “biznes” klassda — 76 ta, “birinchi” klassda esa 14 ta o‘rin mavjud.
Izoh (0)