“Toshkent—Temiz” trassasida ichida olti nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ulardan biri vafot etgan, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, avariya 23-iyun kechasi yengil va og‘ir yuk avtomobillari o‘rtasida sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida yetti kishi turli tan jarohatini olgan, ulardan olti nafari Qozog‘iston fuqarosi. Qozog‘istonliklardan biri voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.
Qolgan jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan, ular orasida voyaga yetmagan bolalar ham bor.
Izoh (0)