Oliy sud raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov va Oliy sud sudyalari Namangan viloyatining Chust tuman Xalq qabulxonasida va Namangan tumani, “Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolarni qabul qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Sayyor qabulda sudlarga oid 46 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 9 nafar fuqaroning nazorat tartibidagi shikoyat arizasi tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
4 nafar fuqaroning murojaati o‘rnida hal etilib, ularning muqaddam ishlagan joylaridan to‘lanmay qolgan ish haqlari undirib berildi hamda o‘zlari ishga joylashtirildi. 3 ta murojaat viloyat sudlarida hal qilish uchun qabul qilindi. 29 nafar fuqaroning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sayyor qabulda 3 nafar ozodlikdan maxrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkum jazoni o‘tash joyidan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. 22 nafar axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxs muddatidan oldin jazoni o‘tashdan ozod qilindi.
Izoh (0)