• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Markaziy Osiyo Xitoy va Rossiya o‘rtasida. Tramp ikkinchi muhlatga saylanadimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi. 

    Markaziy Osiyo: Ta’sir uchun kurash

    Foto: AP

    Foto: AP

    Wall Street Journal nashri “AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorlanayotgan bir paytda Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda, shu jumladan, Afg‘onistonda o‘z ta’sir doirasini kengaytirish borasida raqobar qilmoqda”, deb yozadi.

    Har ikki davlat Afg‘onistonda jangarilarning kuchayishini va ularning qo‘shni davlatlar tinchligiga tahdid solishidan xavfsiramoqda. Shu bilan birga, Xitoy mintaqa tikkan millionlab dollarlarini himoya qilmoqchi.

    Moskva va Pekin keyingi yillarda amerikaparast Kobul hukumatining zaiflashuvi, “Tolibon” mavqeining o‘sishi IShID va boshqa jangari guruhlarining faollashuvi tufayli agressiv harakatlarini kuchaytirmoqda.

    Tramp Zolmay Halilzodani Afg‘onistonni barqarorlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus vakili qilib tayinlagandan beri, u rasmiy Moskva va Pekinni hamkorlikka ko‘ndirish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Uning harakatlari ham natija bermoqda. O‘tgan hafta Vladimir Putin Rossiya va AQSh birga olib borgan harakatlarini olqishlab, bu yaxshi natijalarga olib kelishini ta’kidladi. Putinning bayonoti “Tolibon” vakillari Pekinda olib borayotgan muzokaralar davomida yangragani qiziq holat.

    Vaziyatni barqarorlashtirish jarayonini tezlashtirish uchun Moskva va Pekin “Tolibon” vakillariga BMT tomonidan qo‘yilgan harakatlanish taqiqini bekor qilishga yordam berdi. Natijada ular Qatarda o‘tkazilgan muzokaralarda qatnashdi. Rossiya va Xitoy AQSh bilan birga mujohidlarning bahorgi hujumlarini qoraladi.

    Birgalikdagi harakatlar ijobiy samara berishiga qaramasdan, Rossiya va Xitoy mustaqil ravishda “Tolibon”, afg‘on hukumati, parlament a’zolari va afg‘on siyosiy guruhlari bilan aloqalarini kuchaytirmoqda.

    Pentagon hisobotiga ko‘ra, Xitoy Badaxshonning shimoli-sharqiy hududida afg‘on brigadasini tuzish uchun 85 million dollar mablag‘ ajratgan. Bu, albatta, Badaxshon chegarasini himoya qilishi uchun ajratilgan mablag‘dir. Bundan tashqari, Vahon yo‘lagida Xitoy tomonidan moliyalashtirilayotgan harbiy baza qurilmoqda.

    2015–2016-yillarda Xitoy Tojikiston bilan uning chegaraasida 30 tadan 40 tagacha chegara qo‘riqxonasi qurishga kelishib olgan edi. Bitimga ko‘ra, tojik-afg‘on chegarasining kattagina qismiga tojik chegarachilari o‘rniga xitoylik chegarachilari joylashtirilgan. Tojikistonlik bir mansabdorning aytishicha, Xitoy chegarachilari to‘liq nazorat qiladigan hududlar bor. Xitoyliklar bu yerlarni o‘z mashinalarida nazorat qilmoqda.

    Moskvaning harakatlari ham tajovuzkor tus olgan. O‘tgan yili rus hukumati Kobulning Juzjon viloyatidagi islomiy guruhlarga havo zarbalari berishga ruxsat berishni talab qilgan. Hozircha rad javobini olgan.

    Achchiqqina saboqqa ega Rossiya harholda Afg‘onistonga bostirib kirmasa kerak. Rossiya Afg‘oniston bilan siyosiy aloqalarni mustahkamlashi, avvalo, AQShga kuchini ko‘rsatib qo‘yish bilan bog‘liq.

    AQShning Afg‘onistonni tark etishi Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoy raqobati kuchayishiga olib keldi.

    Afg‘onistondagi jangari guruhlarga qarshi turish maqsadida Moskva va Pekinning Markaziy Osiyoda o‘z harbiy salohiyatini oshirishiga sabab bo‘lishi kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Xusiylar hujumga o‘tmoqda

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yamanning isyonchi xusiylar boshqaradigan Al Masira telekanali ularning Saudiya Arabistonidagi Abha aeroportidagi boshqaruv minorasini qanotli raketa yordamida ishdan chiqargani haqida xabar qildi, deb yozadi Foreign Policy nashri. Arabiston hukumati raketa terminalga kelib tushgani va natijada 26 odam yarador bo‘lganini bayon qildi.

    Oldingi raketa hujumlaridan farqli ravishda, bu safargi raketa hujumlari Eron manfaati uchun uyushtirilgani aytilmoqda.

    Xusiylar Arabiston va uning ittifoqchilari havo zarbalariga qarshi vaqti-vaqti bilan raketa hujumlari uyushtirib turadi. Bu raketalar kelib chiqishi Eronga borib taqaladi.

    Sovet davri mahsuloti bo‘lgan KH-55 qanotli raketalari 2001-yili noqonuniy ravishda Ukraina hukumati tarafidan Eronga berilgan. Eron bu raketalarni mustaqil ravishda takomillashtirib kelmoqda. 2014-yildan beri esa Eron mustaqil holda o‘z raketalarini ishlab chiqarmoqda.

    Bu safargi raketa hujumi Eron vaziyatni keskinlashtirishga tayyorligini bildirishi yoki yangi raketalarni urush sharoitida sinab ko‘rayotganidan bo‘lishi mumkin.

    Ba’zilar xusiylar Eron quroli bo‘lib xizmat qilmoqda desa, ayrimlar xusiylar mustaqil holda harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin deb aytmoqda.

    Xusiylar yoki “Ansorulloh” harakati 90-yillarda Yaman hududidagi Zayd tog‘ tizimida tashkil topgan. Keyinroq mazkur harakat Sa’d viloyatida kuchli tayanchga ega bo‘ldi. Zaydchilik shia mazhabining bir yo‘nalishidir. Ammo zaydchilik Erondagi shialikdan tubdan farq qiladi. Davom etayotgan urushlar sabab zaydlar harakati ko‘proq “Hizbulloh”ga o‘xshab bormoqda.

    Xusiylarning raketa hujumlari tobora aniq tus olib bormoqda, bu esa Eron ularni qo‘llayotganiga ishora. Chunki xusiylarning harbiy zaxiralari tugab qolgan, bu esa Eron uchun ayni muddao bo‘lib, ulardan ko‘proq foydalanmoqda.

    Boshqa tarafdan, Eron Trampning do‘q-po‘pisalarini quruq gap-so‘z deb baholayotgan bo‘lishi ham mumkin. Harholda Eron rahbarlari Vashington Tehronga qarshi urush ocholmaydi degan fikrda.

    Eron G‘arb va Saudiya Arabistonini sabrini sinab ko‘rmoqdami (raketa hujumlari orqali) yoki Yaman xusiylariga mazhabda yaqinligi bois yordam bermoqdami, yaqin haftalarda kechadigan siyosiy o‘zgarishlar aniqlik kiritib beradi.

    Tramp Oq Uy uchun kurash boshladi

    Foto: Business Insider

    Foto: Business Insider

    Donald Tramp 2020-yilgi prezident saylovida qatnashajagini e’lon qildi, lekin unda g‘alaba qilishga umid yo‘q deyish soddalik bo‘lar edi.

    Ko‘pchilik Donald Tramp Oq Uyda uzoq ushlanib qolmaydi deb o‘ylagan edi, lekin u hozir ham shu yerda va buning ustiga ikkinchi marta prezidentlik kursisiga o‘tirmoqchi ekanini ma’lum qildi.

    Tramp 2016-yilgi saylovda g‘alaba qilganida ko‘pchilik uning iste’fosi faqat vaqt masalasi deb o‘ylagan edi. Chunki prezidentlik taqdir erkatoyi bo‘lgan Donald Tramp oldida ko‘ndalang turgan eng murakkab vazifa edi. O‘shanda Tramp uchun golf o‘ynash, Twitter’da mashhur shaxslarni behurmat qilish va Fox News’ni ko‘rish afzalday tuyulgan edi.

    Iqtisodiy ahvol Trampga zarar keltirmadi. Tramp iste’foga chiqavermagach, optimistlar endi uni hokimiyatdan chetlatishadi deb umid qila boshladi. Ammo hatto Rashageyt atrofidagi janjallar ham Trampni hokimiyatdan ketkaza olmadi.

    Impichment shunchaki lavozimdan chetlatishdan farq qiladi. Bu Senatning ishi. Senat esa “fillar” qo‘lida, ular o‘z partiyasining yetakchisiga hujum qilishdan manfaatdor emas.

    Uni vazifasidan ketkazishmagach, iqtisodiyotdagi qoniqarsiz ahvol tufayli Tramp ketishga majbur bo‘ladi deb umid qilishdi. Tramp hokimiyatga kelishi bilanoq iqtisodiyot qulaydi deb kutishdi. Bunga dastlab prezident soliqlarni kamaytirgani, so‘ng uning tajovuzkor boj siyosati, keyin esa davlat qarzlarini 2 milliard dollarga ko‘paytirishi sabab deb aytishdi. Ehtimol, optimistlar kelajakda haq bo‘lib chiqar. Lekin hozirda AQSh iqtisodiyoti har qachongidan kuchli, ishsizlik darajasi keyingi 50 yil ichida eng past – 3,6 foizni tashkil qilmoqda.

    Trampning yana bir afzalligi bor, u ham bo‘lsa keyingi yuz yillikda to‘rt prezidentdan boshqa barcha prezidentlar ikki martadan prezident etib saylangan.

    Amerikaliklarning bir qismi Trampning Putinga ixlosmandligidan, irqchilarni qo‘llashidan xavotirga tushsa, yana bir qismi uning tarafdorlari. Amalda esa oddiy amerikaliklar uchun siyosatdan ko‘ra o‘z shaxsiy hayoti muhimroq.

    Amerikaliklarni bolaligidan boshlab eng yaxshi mamlakatda yashashlaiga ishontirib kelishadi. Lekin ko‘pchilik aslida bu to‘g‘ri-to‘g‘ri emasligini tekshirish uchun chet elga chiqmagan.

    Respublikachilar uzoq yillar mobaynida maorif tizimini kelajakka sarmoya sifatida bee’tibor qoldirib, maorifni budjetga zarar, isrofgar va qimmatga tushadigan tizim sifatida qo‘porib kelishdi. Amerikalik o‘quvchilar matematika, tabiiy fanlar va o‘qish borasida boshqa mamlakatlardan ortda.

    Bugungi AQSh kelishib bo‘lmaydigan ikki oqimga ajrab qolgan. Kimga ovoz berish masalasida bir fikrga kelish uchun oddiy amerikaliklar haqiqatni yolg‘ondan ajratib ola bilarmikin.

    O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Tramp siyosatini amerikaliklarning 44 foizi dastaklab kelmoqda. Ammo so‘rovlar har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. 2020-yilgi prezident sayloviga 500 kundan kamroq vaqt qoldi. Bu vaqt ichida nimalar bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Optimistlar umid qilsa bo‘laveradi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    23.06.2019, 08:50   Izoh (0)   60724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda yo‘ltanlamas piyodalarga borib urildi. 4 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi

    23.06.2019, 08:15

    Tramp Eronga harbiy zarba berish fikridan Fox News telekanali boshlovchisining maslahatidan so‘ng qaytgan

    22.06.2019, 23:54

    Putin Rossiyaning Janubiy Kuril orollarini topshirish bo‘yicha rejasi yo‘qligini ma’lum qildi

    22.06.2019, 22:32

    Botsvanada zaharlangan fillarni yegan 500 dan ortiq kalhat nobud bo‘ldi

    22.06.2019, 17:42

    Tramp Eron bilan urush “misli ko‘rilmagan talofatlar”ni keltirib chiqarishini bildirdi

    22.06.2019, 14:40

    Gavayida samolyot qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

    22.06.2019, 13:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.