AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush boshlashni xohlamasligini, chunki bu “misli ko‘rilmagan talofat”larni keltirib chiqarishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Izvestiya”.
“Men urush qidirmayapman. Agarda u boshlansa bunga qadar kuzatilmagan talofatlar yuzaga keladi, men esa buni xohlamayman”, — deydi Tramp.
Shu bilan birga u Tehron yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qilgan.
“Muzokaralarni xohlaysizmi — yaxshi. Aks holda keyingi uch yil ichida iqtisodingiz achinarli holda bo‘ladi”, — deya yakun yasaydi Amerika yetakchisi.
Ikki mamlakat o‘trasidagi munosabatlar Donald Tramp 2018-yilning mayida Tehron bilan “yadroviy kelishuv”dan chiqqach keskinlashishni boshlagan edi. Keyinroq Vashington Eron kelishuv shartlarini buzganini bahona qilib, sanksiyalarni qayta joriy etgandi. Eron hukumati bu kabi xatti-harakatlarni noqonuniy va asoslanmagan deya baholagan.
Izoh (0)