AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh qurolli kuchlari Eronga zarba berishiga 10 daqiqa qolganida hujumni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilgan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari bir vaqtning o‘zida Eronda uchta obyektga hujum qilishga tayyor edi, biroq buning natijasida 150 kishi halok bo‘lishi haqida generallardan biri aytgani sabab, prezident bu hujumni to‘xtatgan.
Tramp bunday hujumning uchuvchisiz havo apparatini yo‘q qilinganiga javoban yaxshi harakat bo‘lmasligini bilgan.
“Men shoshmayapman. Bizning armiya juda yaxshi qurollangan va istalgan daqiqada hujum qilishga tayyor”, — deydi prezident.
U, shuningdek, Eron yadroviy qurollanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini ham ta’kidlagan.
Izoh (0)