Qirg‘izistonning Aravan tumanida kanal suv oqimi olib ketgan er-xotin qidirilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ular Janubiy Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin.
Shu yil iyun boshida yosh juftlikning to‘yi bo‘ldi, ular Nur-Obod qishlog‘ida istiqomat qilgan. Kuyov 33 yoshda, kelin 23 yoshda.
Ma’lum bo‘lishicha, kelin 20-iyun kuni soat 11:00 da kanalga tushib ketgan. Kuyov uni qutqaraman deb suvga sakragan, uning orqasidan yana bir yigit suvga tushgan. Oxirgi sakragan yigit qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq er-xotinni suv oqimi olib ketgan.
20-iyundan buyon 20 nafar militsiya va 22 nafar qutqaruvchi qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Qirg‘iziston IIV va FVV qo‘shni respublika hududida qidiruv ishlari amalga oshirilishida amaliy yordam berish haqida O‘zbekiston FVVga murojaat qildi.
Izoh (0)