Yoz boshidan buyon Ukraina suv havzalarida 103 nafar odam cho‘kib ketdi, bu haqda mamlakat FFVga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Qutqaruvchilarning qayd etishicha, suvda sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bu xavsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, xususan, taqiqlangan joylarda va mast holda cho‘milish hisoblanadi.
Umumiy hisobda yil boshidan buyon 379 kishi cho‘kib ketgan, ularning 42 nafari bolalardir. Shuningdek, qutqarilgan 156 nafar fuqaroning 24 nafarini voyaga yetmagan shaxslar tashkil etadi.
Izoh (0)