Qosim-Jo‘mart To‘qayev qasamyod keltirdi va rasman Qozog‘iston prezidenti lavozimini egalladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Inauguratsiya marosimi Nur-Sultondagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi.
To‘qayev marosimdagi nutqida Qozog‘iston hukumati 1-sentabrga qadar mamlakat rivojlanishida xalaqit berayotgan korrupsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha islohotlar paketini tayyorlashini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 70 foizdan ortiq ovoz to‘plab, g‘olib chiqdi. Ularda mustaqillik yillari davomida ilk bor Nursulton Nazarboyev ishtirok etmadi.
Izoh (0)