• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda bolalar futbolidagi korrupsiyaga kim barham beradi?

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand shahrida yashovchi Rahmon Mavlonov murojaat qilib, unda “Dinamo-plyus” PFK tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi direktori Donoqul Yusupov uni asossiz ravishda ishdan olib tashlaganligini bayon etgan. Shuningdek, arizada futbol sport maktabi direktori xodimlar va maktab uchun ajratilgan pullarni noqonuniy tarzda o‘zlashtirib kelayotganligi keltirib o‘tilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Futbol maktabi direktorining noqonuniy ishlari yuzasidan ko‘plab joylarga murojaat qildim. Biroq hech qaysi bir tashkilot ishni adolatli ko‘rib chiqmayapti. Prokuratura ham bu borada biror bir chora ko‘rgani yo‘q, — deydi Rahmon Mavlonov. – Hatto Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning sayyor qabulida ham bo‘ldim. Viloyat hokimi murojaatimni ko‘rib chiqishini viloyat prokuroriga yukladi, prokuror esa boshqa prokurorga yukladi. Mana shu tarzda 5 oydan buyon murojaatim to‘liq o‘rganilmayapti.

    Ma’lum bo‘lishicha, Rahmon Mavlonov futbol maktabi direktorining iqtisodiy jinoyatlari ustidan Samarqand viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasiga murojaat qilgan. Boshqarmaning “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevga taqdim etgan 2019-yil 28-fevraldagi tekshiruv xulosasiga ko‘ra, “Dinamo plyus” PFK tasarrufidagi bolalar va o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi g‘aznachisi Toshtemir Yusupov tamonidan kassa kitobi yuritilmasdan 2018-yilning may oyidan 2019-yilning 1-yanvarigacha jami 65 146 400 so‘m noqonuniy ravishda xarajatga chiqarilganligi aniqlangan.

    Tekshiruvlar jarayonida aniqlanishicha, 2018-yilning 26-aprel kunidan Donoqul Yusupov direktor bo‘lib tayinlangan, tug‘ishgan ukasi Toshtemir Yusupov 2018-yilning 5-iyul kuniga qadar xo‘jalik ishlari mudiri, 2018-yilning 21-may kunidan 2019-yilning 7-yanvar kuniga qadar g‘aznachi vazifasida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, direktor Donoqul Yusupov o‘zining qudasi I.Toshturdiyevni maktabga psixolog sifatida ishga qabul qilib, keyinchalik maktabning kasaba uyushmasi raisi etib saylagan. Futbol maktabining amaldagi kasaba uyushmasi raisi Ashurbek Rustamov esa o‘zini uyushma raisligidan ketganligidan bexabar.

    Mazkur holatda Mehnat Kodeksining 79-moddasi 1-qismi “O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi” degan talabi buzilgan.

    Tekshiruv natijasida Futbol maktabi ma’muriyati tomonidan Mehnat Kodeksining 131-moddasida ko‘rsatilgan barcha bayram kunlari arafasida kunlik ish muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirilmaganligi aniqlangan. Ushbu holatda Mehnat Kodeksining 121-moddasi talabiga rioya etilmagan. Shuningdek, futbol maktabi ish beruvchisi tomonidan 2018-yilning may oyidan 2019-yil fevral oyiga qadar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Pastdarg‘om tuman Bandlikka ko‘maklashish markaziga umuman taqdim qilinmagan. Qolaversa, maktabning trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi yuzasidan ruxsatnomasi mavjud bo‘lmaganligi uchun 2018 va 2019-yilning yanvar oylarida 14 305 400 so‘m nomutaxassislik uchun maqsadsiz ish haqi to‘langan.

    – Samarqand viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi yetakchi nazoratchi-taftishchisi I.Ubaydullayevning tekshiruvidan qoniqish hosil qilmaganim uchun boshqarma boshlig‘i Muzaffar Hamdamovdan qaytadan tekshiruv o‘tkazishini so‘radim, — deydi Rahmon Mavlonov. – Ikkinchi tekshiruvchi Maqsud Mashrabov ham direktorning bir qator iqtisodiy kamchiliklarini aniqladi. Meni ajablantirgan jihati shundaki, birinchi tekshiruvda kelgan nazoratchi-taftishchi I.Ubaydullayev ko‘p holatlarga ko‘z yumib ketgan.

    Viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasining 2019-yilning 21-may kuni o‘tkazgan qayta tekshiruv xulosasiga ko‘ra muassasada yoqilg‘i uchun ajratilgan mablag‘ning 892 100 so‘mlik metangaz yoqilg‘isi gaz tarqatish vedomostiga maktab direktori Donoqul Yusupov tomonidan shaxsiy avtomashinasiga chiqim qilinganligi aniqlangan. Bundan tashqari, muassasa xodimlariga ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha 26 holatda 13 921 400 so‘mlik ortiqcha to‘lovlar qilinganligi aniqlangan.

    – 2018-yilning yoz oylarida Toshkent viloyatining Bekobod, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanlari hamda Navoiy shahriga tayyorlov guruhi musobaqasiga shifokor sifatida bordim. O‘sha musobaqalarga bir-ikki million so‘m pul berdi xolos, — deydi Rahmon Mavlonov. – Musobaqalardan qaytganimizdan so‘ng bo‘sh vedomostlarga qo‘l qo‘ydirib, so‘ng o‘zlari istagan summani yozardi. Men direktorning ko‘plab noqonuniy ishlariga guvoh bo‘lib qolayotganligim uchun keyinchalik boshqa musobaqalarga meni yubormay qo‘ydi. Direktorni bolalar sog‘lig‘idan ko‘ra moddiy manfaat qiziqtiradi.

    Samarqand shahar Xalq ta’limi bo‘limi bosh muhandisi Olim Qarshiyev tomonidan nazorat-o‘lchov yo‘li bilan maktabda bajarilgan joriy ta’mirlash ishlari o‘rganilganda 9 580 000 so‘mlik ta’mirlash ishlari kam bajarilganligi oydinlashgan.

    – Samarqand shahar Xalq ta’limi bo‘limi bosh muhandisi Olim Qarshiyev tekshiruvga kelib maktabda bajarilgan joriy ta’mirlash ishlaridagi kamchiliklarni shunchaki yuzaki tekshirdi. Joriy ta’mirlash rejasiga pollarga linoleum qo‘yilishi kerak edi. Biroq u qo‘yilmagan. Tekshiruvchi esa linoleumni qo‘yilgan deb yozib ketdi, — deydi Rahmon Mavlonov. – Qolaversa, tekshiruvga kelgan kuni eski romlar alishtirilmaganligi sababli tekshiruvchi ertaga kelishini bildirdi. Ertasi kuniga direktor yangi eshiklarni olib kelib o‘rnatib qo‘ydi. Meni ajablantirgan jihati shundaki, tekshiruvchi joriy ta’mirlash bilan bog‘liq arizangizni yopib yuboraylik deb menga to‘rt million so‘m pul taklif qildi.

    2018-yilning oktabr-dekabr oylarida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari davomida futbol maktabining kiyinish-yechinish xonasidagi hojatxona eshigi berkitilib, direktor o‘zining xonasi tomonidan eshik ochdirib olgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Rahmon Mavlonovning shikoyat arizasi o‘rganilib, futbol maktabi direktori Donoqul Yusupov tomonidan 2018-yilning 29-dekabr kunidagi 50-sonli buyruq bilan Rahmon Mavlonov o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 105-moddasi bilan mehnat qonunchiligiga zid ravishda bekor qilinganligini aniqlagan.

    – Meni shikoyatimni o‘rganib chiqayotgan shahar prokurori Xurshid Musurmonov aniqlangan moliyaviy kamchiliklar yuzasidan qanday qilib jinoyat ishi ochish lozimligini bilmayotganligini aytdi. Prokuror aniqlangan holatlarni isbotlab berishim kerak deb aytdi, — deydi Rahmon Mavlonov. – Samarqand viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi yuz milliondan ortiq pullarni noqonuniy o‘zlashtirib yuborganligi bo‘yicha ma’lumot taqdim etib turgan vaqtda prokuror nega jinoyat ishi ochishni paysalga solib turganligi meni ajablantirmoqda.

    Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand shahar bo‘limiga aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha xat yo‘llagan. Biroq departament haligacha biror bir chora ko‘rmasdan kelmoqda.

    Rahmon Mavlonovning murojaatlari asosida Samarqand viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga ish yuzasidan ma’lumot berishini so‘radik. Biroq prokuratura matbuot xizmati rasmiy xat asosida murojaat qilsakgina ma’lumot berishini aytdi.

    Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining javobini kutib qolamiz.

    08.06.2019, 16:17   Izoh (0)   18012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda chekishga qarshi ommaviy tadbirlar o‘tkazildi

    08.06.2019, 15:59

    Toshkentda yana kuchli shamol ko‘tarildi. Ko‘p qavatli uyning tomi uchib tushdi (foto)

    08.06.2019, 15:50

    O‘zbekistonda boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan pedagoglarga ustama belgilandi

    08.06.2019, 14:50

    Toshkentda mudhish YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    08.06.2019, 14:50

    O‘zbekistonda tadbirkorlar katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda qo‘llab-quvvatlanadi

    08.06.2019, 14:30

    Namangandagi xalqaro investitsion forumda imzolangan kelishuvlar soni o‘ttizdan oshdi (foto)

    08.06.2019, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega muzlatkichga magnitlar yopishtirish mumkin emas?

    Layfstayl | 3 iyun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:24

    BMT: Sudanni tark etganlar soni 4 mlndan oshdi

    Dunyo | 3 iyun, 16:20

    Falastinlik mahbuslarning yaqinlari haj ziyoratiga bordi

    Dunyo | 3 iyun, 16:13

    “Mobil aloqa haqi ham kamida 35 ming so‘m”. Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi past darajada oshirilganini aytdi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:09

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Qurbon hayitida Toshkentda jamoat transporti soat 3 dan ishlaydi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.