27-maydan 2-iyungacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 748 tadan 683 taga kamaydi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,3% ikkinchi va 32,7% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 872,4 milliard so‘mdan 725,1 milliard so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 580,2 ming $lik tovarlar sotildi.
Izoh (0)