Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institut 1-kursida, “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3.000 dollar talab qilgani aniqlandi. U mazkur mablag‘dan yarmini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)