• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon viloyatiga aloqador yangi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Hujjat bilan quyidagilar:

    7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning kamida 20 foizi (256,1 ming nafari)ni madaniyat va san’atga keng jalb etishni nazarda tutuvchi Andijon viloyati yoshlarini madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan to‘garaklar va boshqa madaniy tadbirlarga keng jalb etish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si;

    “Yo‘l xarita”sida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkillashtirish va nazoratini olib borish bo‘yicha ishchi guruhining tarkibi;

    yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish borasidagi barcha mavjud imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish hamda umumta’lim maktablari hamda ularga tutash hududdagi mahalla yoshlarini madaniyat va san’atga keng jalb etish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan madaniyat muassasalari ro‘yxati, umumta’lim maktablaridagi to‘garaklar ro‘yxati;

    Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar ro‘yxati;

    madaniyat va san’at hamda umumta’lim muassasalarida to‘garaklarni mazmunli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida musiqa cholg‘ulari va boshqa jihozlar bilan ta’minlanadigan muassasalar ro‘yxati;

    viloyatdagi umumta’lim maktablarining madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garak rahbarlari va o‘qituvchilarining malaka oshirishga jalb etish rejasi tasdiqlanadi.

    Belgilanishicha, “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda umumta’lim maktablari imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatdagi umumta’lim maktablarining madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garak rahbarlari va o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarini Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida tashkil etish choralarini ko‘radi;

    malaka oshirish kurslarida mashg‘ulot o‘tkazish uchun sohaning malakali, yetuk mutaxassis va o‘qituvchilari jalb etiladi hamda ularning oylik maoshlari o‘rnatilgan tartibda byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Andijon viloyati hokimligining viloyatdagi madaniyat markazlarida hamda umumta’lim maktablarida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida pullik to‘garaklar tashkil etish hamda to‘garaklarning to‘lov miqdori Andijon viloyatidagi shaharlarda kamida 15 000 (o‘n besh ming) so‘m tumanlarda kamida 10 000 (o‘n ming) so‘m etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi;

    pullik to‘garaklarga jalb etilgan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgan oilalar farzandlari, jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun davlat ijtimoiy soha muassasalarida tashkil etilgan haq to‘lanadigan mashg‘ulotlarga doimiy qatnagan taqdirda mashg‘ulotlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining ularning har biriga 50 foiz miqdorida imtiyozlar belgilash;

    madaniyat va san’at muassasalarida badiiy jamoalar, xalq ijodiyotiga xos to‘garaklar faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish, ilmiy-metodik jihatdan muvofiqlashtirish maqsadida Madaniyat vazirligi tizimidagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi negizida Respublika xalq ijodiyoti ilmiy-metodik markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda xalq ijodiyoti metodik markazlarining hududiy bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi;

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Respublika xalq ijodiyoti ilmiy-metodik markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda xalq ijodiyoti metodik markazlarining hududiy bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarorini kiritadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston xalq artistlari klubi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining:

    “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvonlariga ega san’atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini Andijon viloyati tuman (shahar)lari hokimlariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirish;

    ijodiy maslahatchilarni har oyda bir marotaba joylarga xizmat safarga borib-kelishi uchun bepul temiryo‘l chiptalari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

    Tuman (shahar) hokimliklari maslahatchi sifatida biriktirilgan san’atkorlar, ijodkorlar va malakali mutaxassislar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi hamda ularning joylarda samarali faoliyat yuritishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga zarurat taqozosiga ko‘ra tuman (shahar) hokimlariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan ijodkorlar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:

    2019-yil yakuniga qadar har bir tuman (shahar) markazining madaniyat markazida (yoki umumta’lim maktabida) bittadan havaskor teatr jamoasi, vokal cholg‘u ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansamblini tashkil etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga maxsus oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan tajribali mutaxassislarni bolalar musiqa va san’at maktablarida hamda madaniyat markazlarida to‘garak va mashg‘ulotlar o‘tashga jalb etish huquqi beriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda viloyat bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni 2019 yildan boshlab har yili (25-30 nafardan) bosqichma-bosqich Andijon davlat universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limining “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha qabul kvotasidan kelib chiqqan holda o‘qitishni amalga oshiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda, yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish borasidagi barcha mavjud imkoniyatlardan samarali va to‘liq foydalanish hamda umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari hamda ularga tutash hududdagi mahalla yoshlarini madaniyat va san’atga keng jalb etish, darsdan va boshqa faoliyat turlaridan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyatdagi 741 ta umumta’lim maktablarida madaniyat va san’atning yoshlar qiziqqan turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

    Bunda:

    Madaniyat vazirligi to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, to‘garaklarni tegishli kadrlar bilan ta’minlash, umumta’lim maktablarida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, ularning mazmundorligini ta’minlash bo‘yicha;

    Xalq ta’limi vazirligi to‘garaklar faoliyat yuritishi, tadbirlar o‘tkazilishi uchun zarur bo‘ladigan sinfxonalar ajratish va tegishli shart-sharoit yaratish, ularga o‘quvchi-yoshlar qatnovini ta’minlash bo‘yicha;

    Moliya vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi umumta’lim maktablarida to‘garaklar tashkil etish uchun zarur bo‘ladigan musiqa cholg‘ulari, o‘quv qo‘llanma hamda notalar, shuningdek, maktablarning jihozlash me’yorlari asosida boshqa inventarlarni mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining takliflari asosida umumta’lim maktablari uchun zarur bo‘ladigan musiqa cholg‘ulari va boshqa inventarlarni xarid qilinishi hamda to‘garaklar faoliyatini olib boradigan kadrlar uchun tegishli oylik maosh to‘lanishi masalalarini hal etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklarning to‘lov miqdorini va to‘garak mashg‘ulotlarini olib boruvchi kadrlarga qo‘shimcha ish xaqini to‘lash tartibini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekkino” milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi umumta’lim maktablari faollar zali va madaniyat markazlarida yoshlarni Vatanparvarlik, milliy g‘oyaga sadoqat, mehr-oqibat, ilm-fanga oshno bo‘lish va boshqa tarbiyaviy ruhni o‘zida mujassam etgan kinofilmlar namoyishlarini tashkil qilinishini ta’minlaydi.

    04.06.2019, 14:26   Izoh (0)   13076
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: Aholi uchun elektr hisoblagichlarni ta’minotchi o‘rnatadi

    04.06.2019, 14:20

    O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulligi 13-iyunda rasman ochiladi

    04.06.2019, 14:00

    O‘zbekiston Grandvoyage Tourism Awards’ning “Eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

    04.06.2019, 13:12

    Hayit bayramlari odoblari

    04.06.2019, 12:10

    Jizzaxning Zarbdor tumanida tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi

    04.06.2019, 11:35

    Surxondaryoda 26 kishiga soxta aviachipta sotgan qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.06.2019, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:49

    Suvda cho‘kishning oldini olish: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:44

    Mehribonlik uyida ulg‘aygan, Yulduz Usmonova sabab aktrisa bo‘lgan va muxlisining ta’qibiga uchragan Zarina Yo‘ldosheva 25 yoshda

    Madaniyat | 3 iyun, 17:36

    Samarqandda 18 yashar qiz nega maktab o‘quvchisini “samosud” qilgani aytildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:33

    Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi boshiga sement to‘ldirilgan chelak tashlab yuborildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:08

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Rossiyada 15 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgan o‘zbekistonlik ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.