KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Xanoyedagi AQSh-KXDR sammiti yaxshi tashkil etilmagani uchun bir guruh mansabdor shaxslar bilan birga jazolangani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etib, omma oldida ko‘rinish berdi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
3-iyun kuni Kim Yo Chjon Kim Chen In va bir necha mansabdor shaxslar bilan birga “Birinchi may” stadionida gimnastlar va xonandalar chiqishini tomosha qilgan.
Janubiy Koreyaning Yonhap agentligining qayd etishicha, bu Kim Yo Chjonning aprel oyida Oliy xalq kengashi yig‘ilishida ishtirok etganidan beri birinchi omma oldida ko‘rinishi edi.
Izoh (0)