Avval xabar berilganidek, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston —Rossiya qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun 29—30- may kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi.
Rossiya bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida bo‘lib, hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston — Rossiya qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida qatnashdi.
Shuningdek, Dmitriy Medvedev Xiva shahrida bo‘lib, shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarni tomosha qildi.
Rossiya hukumati raisining mamlakatga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Dmitriy Medvedevni Urganch xalqaro aeroportidan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.
Izoh (0)