Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli va To‘rtko‘l tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar berdi davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ajiniyoz Xolmurotov Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U 1978-yilda Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. U 2000-yili Qoraqalpoq iqtisodiyot va ishbilarmonlik kollejini, 2009-yili Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialini tamomlagan. Soliq sohasidagi mehnat yo‘lini 2000-yili Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi Nazorat-inspektorilik ishlari bo‘yicha davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘liimi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Anvar Abdalov To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi lavozimiga tayinlandi. U 1977-yili Ellikqal’a tumanida tug‘ilgan. 2000-yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Soliq sohasidagi mehnat yo‘lini 2003-yili Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar to‘lovlarining budjetga tushishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlashdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Izoh (0)