25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi final uchrashuvida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi Sevilyadagi “Benito Vilyamarin” stadionida “Valensiya” bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib bordi.
Bellashuvda “Ko‘rshapalaklar” vakillari Kevin Gameyro (21) va Rodrigo (33) urgan gollarga Kataloniya klubi hujumchi Lionel Messining (73) goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Barselona” musobaqa finalida “Valensiya”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Ispaniya Kubogidan quruq qoldi.
Ispaniya Kubogi
Final bahsi
25-may, shanba
“Barselona”—“Valensiya” 1:2
Gollar: 0:1 — 21 Gameyro, 0:2 — 33 Rodrigo, 1:2 — 73 Messi“Barselona”: Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serji Roberto, Koutinyo, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi
“Valensiya”: Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72)
Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)