Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb taxmin qilinuvchi Katerina Tixonova fizika-matematika fanlari sohasida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Innopraktika” jamg‘armasi rahbarining nomzodlik ishi “Vestibulyar mexanoretseptorlar faolligini tuzatish bo‘yicha matematik vazifalar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tixonovaga nomzodlik darajasini berishni yoqlab dissertatsiya kengashi a’zolarining barcha 15 nafar a’zosi ovoz berdi. Uning ilmiy rahbari Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy bo‘ldi.
Katerina Tixonova — Bloomberg va Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putinning qizi. AQSh moliya vazirligi ham yangi sanksiyalar haqida e’lon qilayotib Tixonovani Rossiya yetakchisining qizi deb atadi. Ammo Putinning o‘zi oilasi a’zolari haqida hech qachon omma oldida oshkora gapirmagan.
Izoh (0)