Meksikaning Uruapan shahri yaqinida ikki qarama-qarshi jinoiy to‘daning to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. “Vesti.ru”ning xabar berishicha, oqibatda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi.
Qayd etilishicha, voqea joyida politsiya jasadlar va rasman faqat Meksika armiyasida foydalanishga ruxsat berilgan yirik kalibrli qurolni topgan.
“RIA Novosti”ning xabar berishcha, politsiya sodir bo‘lgan voqea sabablarini o‘rganmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Meksikada jinoyatlar sonining ortgani kuzatilmoqda. Bunga, jumladan, AQShga kokain o‘tkazish ustidan nazorat o‘rnatish maqsadidagi narkokartellarning o‘zaro qarama-qarshiliklari sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)