Jamoliddin Aloydinov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
J. Aloydinov 1983-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2003-yili O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
U viloyat hokimligida jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimini egalladi.
Izoh (0)