Rossiya strategik raketa qo‘shinlari “Avangard” majmualarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda Strategik raketa qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Karakayevga tayanib, Sputnik xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Orenburg viloyatida “Avangard” majmuasini o‘rnatish uchun tuzilma tashkil qilingan. Yil yakuniga qadar jangovar navbatchilikka qo‘yish rejalashtirilgan.
“O‘tgan yili Mudofaa vazirligi ‘Avangard’ majmuasining gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi. Raketa Orenburjyedagi Dombarov tumanidan start oldi va 6 ming kilometr masofada Kamchatkada o‘rnatilgan nishonga tegdi”, — deyiladi xabarda.
Harbiylarning ma’lumotlar berishicha, raketalarni sinovdan o‘tkazish dasturi to‘liq bajarilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Avangard” majmuasini AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimiga “yetarli va assemmetrik” javob deb atagan edi.
Izoh (0)