Italiyaning Siyena provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” mahalliy politsiya ma’lumotlariga asoslanib xabar qildi.
Avtobus ichida rossiyalik turistlar bo‘lgan. YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 31 kishi jarohatlangan.
Avtobusda jami 60 kishi bo‘lganligi aytilmoqda.
Hozirda Italiya politsiyasi hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida tekshirish ishlarini olib bormoqda. YTH oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)