O‘zbekistonlik 8 nafar qori Rossiya Federatsiyasining 8 o‘lkasida taroveh namozlarida xatmi Qur’on o‘tib bermoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Jumladan, Cheboksari, Surgut, Xabarovsk, Zvenigorod shaharlarida mahalliy aholi hamda u joydagi millatdoshlar qorilarni alohida ehtirom bilan qarshi olmoqda.
Joylarda masjid imomlari, diniy idora mutasaddilari o‘zbekistonlik imomlarga nafaqat taroveh namozi, balki bomdod va hufton namozlari, juma namozlarini ham o‘qib berish taklifini bildirgan.
Izoh (0)