Sudan aksilkorrupsiyaviy prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Umar al-Bashirni so‘roq qildi. Bu haqda prokururaturadagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Prokuratura 5-may, yakshanba kuni sobiq prezidentni unga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar bo‘yicha so‘roq qildi”, — dedi manba.
Sudan prokurori vazifasini bajaruvchi Al-Valid Said Ahmad 2-may kuni Umar al-Bashirni mablag‘larni o‘zlashtirish, xorijiy valyuta bilan bog‘liq firibgarliklar va terrorchilikni moliyalashtirish bo‘yicha ishlar doirasida so‘roq qilishga ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)