Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi raketa sinovlari bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 25-aprel kuni Vladivostokda uchrashganidan so‘ng qaror qabul qilgan. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“O‘zingiz ko‘rib turibsiz, bu uning Rossiyaga tashrifidan keyinoq amalga oshdi. U Vladimir Putin bilan muloqotidan keyin shunday harakatlarga qo‘l urdi”, — dedi Pompeo.
Davlat kotibining aytishicha, AQSh ushbu raketa uchirishlariga qanday munosabat bildirish haqida hali bir qarorga kelmadi. Biroq tomonlar KXDRni yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishiga umid bildirdi.
Izoh (0)