Ukraina Bosh prokuraturasi amaldagi mamlakat rahbari Pyotr Poroshenkoni so‘roqqa chaqirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Sergey Gorbatyukning so‘zlariga ko‘ra, prezident “maydon haqidagi” ish bo‘yicha 7-may kuni so‘roqqa chaqirilgan.
Bundan tashqari, Poroshenkodan 2016-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘roq bayonnomasini imzolashni talab qilishadi.
“Ham avvalgi so‘roqqa imzo qo‘yish uchun, ham qo‘shimcha so‘roq uchun”, — deya qo‘shib qo‘ydi Gorbatyuk.
Izoh (0)