“Sheremetyevo” aeroportida Moskvadan Murmanskka yo‘l olgan Sukhoi Superjet 100 samolyotining alanga olishi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili Yelena Markovskaya ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Qo‘mitaga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan 78 kishidan 37 kishi — 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi tirik qolgan.
6 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 3 nafari og‘ir holatda.
Murmansk gubernatori vazifasini bajaruvchi Andrey Chibis viloyatda 3 kunlik motam e’lon qildi.
Izoh (0)