Isroilning G‘azo sektoriga zarbalari oqibatida oxirgi ikki kun davomida 18 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Ashraf al-Kidra ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“18 nafar falastinlik, jumladan, ikki nafar ayol va ikki nafar hali tug‘ilmagan chaqaloq halok bo‘ldi. Yana 110 kishi jarohatlandi”, — deya ta’kidladi matbuot kotibi.
Sutka davomida Isroil sektor tomonidan uchirilgan 600 ta raketaga javoban G‘azodagi salkam 300 ta nishonga hujum qildi. Isroilga yo‘llangan raketalar 3 kishining umriga zomin bo‘ldi.