“Sheremetyevo” aeroportiga avariyali qo‘nishni amalga oshirgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti alanga olishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tibbiy doiralardagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi. Ayrim yo‘lovchilarning taqdiri hozircha noma’lum bo‘lib turibdi”, — ta’kidlagan agentlik manbasi.
Havo kemasi bortida 75 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Tergov qo‘mitasi samolyotning avariyali qo‘nishi va alanga olishi holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi.