Andijon viloyati Buloqboshi tumanining Shirmonbuloq qishlog‘ida Nexia rusumli avtomashinaning portlashi oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, 29-aprel, dushanba kuni soat 11:30 lar chamasida Barlos mahallasida yashagan fuqaro 1975-yilda tug‘ilgan Q.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomashinasini Shirmonbuloq qishlog‘ining O‘yingoh ko‘chasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtda portlash yuz bergan. Tezkor surishtiruv ishlari davomida hodisa avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni nosozligi oqibatida sodir bo‘lgani aniqlangan. Natijada haydovchi va yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning mahalladoshlari 1973-yilda tug‘ilgan B.H. hamda 1975-yilda tug‘ilgan J.B.lar og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Voqea yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)