Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi fuqaro pochchasiga pichoq bilan jarohat yetkazdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
28-aprel kuni Toshkent viloyatining Piskent tumani Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi N.R. uyi oldida o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan pochchasi M.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada M.O. kasalxonaga yotqizilib, N.R. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)