Prezident farmoni bilan O‘zbekiston xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekiston 2030-yilga kelib o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro PISA dasturida birinchi 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirishi kerak.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. Shuningdek, farmon bilan konsepsiyani 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlandi.
Izoh (0)