Shu yil 24-aprel kuni soat 00.20 da Navoiy viloyatida yashovchi B.I. Howo sinotruk rusumli yuk mashinasida Narpay tumani, Oltio‘g‘il mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Voqea oqibatida 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
26-aprel kuni mazkur hodisa YHXB boshlig‘i o‘rinbosari U.Sharipov ishtirokida Oltio‘g‘il va Bedan mahallalari aholisi bilan birga muhokama etildi. Uchrashuvda ushbu mudhish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan omilar tahlil etilib, yo‘llarda harakatlanishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)